Joriy yilning 12-mart kuni Rossiya Federatsiyasining yirik elektr jihozlar ishlab chiqaruvchi korxonasi “Torum” direktori Andrey Deykalo rahbarligidagi delegatsiya vakillari Mirishkor tumanida bo’lib, tumanda yangi loyihani boshlash ustida dastlabki kelishuvlarga erishilgandi.
10 kVA gacha bo‘lgan transformator podstansiyalari va kommutator elektr jihozlarining sertifikatlangan ishlab chiqaruvchisi hisoblangan “Torum” korxonasi rahbarlari navbatdagi tashrif bilan Mirishkor tumanida bo’lib, tuman hokimi Sherali Sanayev rahbarligidagi soha mutaxassislari bilan uchrashdilar.
Tomonlar loyihalar ustida kelishuvga erishib, “Torum” Mirishkor tumanida o’zining “Mir eltechnika” qo’shma korxonasini ro’yxatdan o’tkazdi.
Loyiha ishga tushirilgach, korxonada yiliga ming dona transformator ishlab chiqariladi. Shu o’rinda 50 ta ish o’rni yaratiladi.