Mirobodda ekskavator haydovchisi daraxtni tagi bilan qoʻporib oldi

    Shu yilning 14-iyul kuni Mirobod tumanida sobiq "Buxoro" kafesi hududida 1 tup zarang daraxti qoʻporib tashlandi.

    Bu haqda Mirobod tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha holat yuzasidan Mirobod tumani ekologiya boʻlimi tomonidan oʻrganilganda Avliyo-ota koʻchasi 124-uy oldida qurilish ishlari davomida hududdagi tuproqlarni olib chiqish vaqtida ekskavator haydovchisi B.B.ning ehtiyotsizligi oqibatida 1 tup zarang daraxtiga shikast yetkazilgan.

    Shikastlangan daraxt avariya holatiga kelib qolgan va haydovchi daraxtni tagi bilan qoʻporib tashlagan.

    Hozirda holat yuzasidan huquqbuzar B.B.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79 moddasi 1 qismi bilan 28 390 000 soʻm miqdorda jarima qoʻllanildi.