Mirzachoʻl tumani xalq taʼlimi boʻlimi faoliyatida qonun buzilish holatlari aniqlandi

    Xavfsizlik 30 Mart 2023 1389

    DXX Mirzachoʻl tumani xalq taʼlimi boʻlimi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi materiallari asosida viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasida Mirzachoʻl tumani xalq taʼlimi boʻlimi faoliyatida qonun buzilish holatlari aniqlandi.

    Xususan, oʻrnatilgan tartib-qoidalarga zid ravishda ortiqcha sinflar shakllantirilishi, taʼtil, ish haqi va ustama pullari ortiqcha toʻlanishi, qurilish-taʼmirlash ishlarida qoʻshib yozish, umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi tovar-moddiy boyliklarda kamomadlar mavjudligi va boshqa holatlar natijasida davlatga 1 mlrd. 593 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.

    Hozirda Mirzachoʻl tumani xalq taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 167 (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.