Misr piramidalarining koʻrinishi asrlah davomida tarixchilarni hayratda qoldirib kelmoqda. Olimlar qadimiy sivilizatsiyadan darak beruvchi ulkan plitalarni oʻsha zamon quruvchilari qanday tashigan va piramidalarni qay usulda tiklagan degan savolga haligacha javob izlashayotgani shundan dalolatdir. Baʼzi ekspertlar bu sirli tuzilmalar ortida oʻzga sayyoraliklar turganini ham taxmin qilishadi.
Masalan, Buyuk piramidaning oʻzi 2,3 million ohaktosh va granit bloklaridan iborat boʻlib, ularning har biri ikki tonnaga yaqin.
Endi esa xalqaro tadqiqotchilar guruhi aʼzolari bu sirni hal qilganliklarini davo qilmoqdalar. Arxeologlarning fikriga koʻra, misrliklar bloklarni Nil daryosining irmogʻi suvi boʻylab qurilish maydonchasiga yetkazib berishgan. Olimlar laboratoriyaga piramidalar hududidan tashlangan tuproqning bir qator namunalarini yuborishdi. Maʼlum boʻlishicha, yuborilgan materiallarda Nil daryosiga xos boʻlgan gulchanglar va oʻsimliklar qoldiqlari boʻlgan.
“Bu meni qiziqtirdi, chunki mazkur maʼlumot qurilish materiallari suv orqali tashilganligini tasdiqlash mumkin edi”, dedi geolog Xader Sheysha.
Tarixchilarning taʼkidlashlaricha, daryoning irmogʻi keng koʻlamli qurilish tugaganidan ikki ming yil oʻtgach qurib qolgan.