Mithun Chakraborti: Men oʻzbek filmida rol ijro etishga tayyorman

— Oʻzbekistonga toʻrtinchi marta tashrif buyurishim. Avvalgi Oʻzbekiston va hozirgi Oʻzbekiston oʻrtasida katta farq bor. Mamlakatingiz yanada chiroy ochgan, ulkan oʻzgarishlar roʻy bergan. Hindiston va Oʻzbekiston mustahkam doʻstona aloqalarga ega, biz bir nechta filmlarni birgalikda ishlab chiqarish boʻyicha hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Men oʻzbek filmida rol ijro etishga tayyorman!