Glioma miya shishining eng og'ir turlaridan biri bo'lib, uni erta bosqichda va hatto alomatlar o'zini yuzaga keltira boshlanganidan keyin ham aniqlash qiyin. Ushbu turdagi o'simta odatda uni olib tashlangandan so'ng amalga oshiriladigan gistologik tekshiruv bilan tasdiqlanishi mumkin.
Endilikda mutaxassislar qondagi biomarkerlar asosida ushbu kasallikni aniqlashning yangi noinvaziv usulini ishlab chiqishdi. Ish jarayonida ular Raman spektroskopiyasidan foydalanganishdi, bu qondagi o'simta hujayralari tomonidan ajratilgan o'ziga xos kimyoviy birikmalarni yuqori aniqlik bilan aniqlash imkonini berdi.
Mazkur yondashuvni ishlab chiqishda avvalo mazkur yo'nalishdagi adabiyotlar o'rganildi va glioma to'qimalarida aniqlangan biologik markerlarning turlari haqida ma'lumot to'plandi. Shundan so'ng jamoa tomonidan laboratoriya sichqonlari organizmiga inson glioblastoma hujayralari kiritildi hamda turli vaqt oralig'ida ularning qon zardobi tekshirildi. Raman spektroskopiyasi biologik suyuqliklarda glioma belgilarini aniqlash imkonini berdi, deb xabar beradi lenta.ru.