Bevosita Angren shahar tibbiyot birlashmasi hamda Angren shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida tashkil etilgan ushbu noyob majmua bir oy davomida Angrenda bemorlarga xizmat qiladi.
Sayyor shifoxona yurak qon-tomirlari kasalliklariga erta bosqichda va oʻta yuqori aniqlikda tashxis quyuvchi angiografiya uskunasidan tortib barcha turdagi yurak operatsiyalarini oʻtkazishga moʻljallangan ilgʻor texnologiyalar bilan taʼminlangan.
Angiografiya texnologiyasi yordamida yurak qon-tomirining qay yerida qisilish, tromb, arterioskleroz va xolesterin borligini, aʼzoning qaysi joyi ishlamayapti yoki ogʻriq berayotgani haqida toʻliq maʼlumot beradi. Bu orqali esa tomirga stend qoʻyish amaliyotini muvaffaqiyatli bajarish imkoniyatini beradi.
Ushbu koʻrikka 20 dan ortiq mutaxassislar jalb qilingan boʻlib ular orasida kardiojarrohlar kardiolog, xirurg, proktolog, endokrinolog, ginekolog kabi tor soha vakillari bor boʻlib, avvaliga shifokorlar brigadasi hududda istiqomat qiluvchi yurak qon-tomir kasalligi bilan aziyat chekuvchi ehtiyojmand aholi vakillarini chuqurlashtirgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish moʻljallangan.
Ular orasidan saralab olingan xavf guruhdagi bemorlarni EXO, EKG tekshiruvidan va bir necha turdagi tor soha mutaxassislari koʻrigidan oʻtkazilib, tibbiy koʻrsatma boʻlganlari koronarografiya tekshiruviga tavsiya etiladi. Bu esa bemorlarni infarkt oldini olishga yoki toʻliq sogʻayib ketish imkoniyatini beradi.