Unga ko'ra:
Prezidentimizning 2018 yil 25 yanvardagi “SHoshilinch tibiiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan Tez tibbiy yordam tizimini ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan jihozlash normativlari va ulardan foydalanish muddatlari tasdiqlandi.
2020 yil 20 iyuldan boshlab:
Koronavirus epidemiyasi davrida normativga qo'shimcha tarzda kechayu kunduz navbatchilik qiladigan 1 nafar tibbiyot xodimi va 1 nafar xaydovchidan iborat ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etiladi;
Kuchaytirilgan tartib davrida har oy yakuniga qadar barcha tez tibbiy yordam brigadalarida ishlovchi xodimlarning lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo'shimcha to'lovlar o'rniga quyidagi miqdorlarda qo'shimcha moddiy rag'batlantiruvchi to'lovlar belgilandi.
Unga ko'ra:
vrach xodimlarga — 2,5 million so'm;
o'rta tibbiyot xodimlariga — 1,5 million so'm;
haydovchilarga — 1,0 million so'mdan qo'shimcha rag'batlantiriladi.
Qo'shimcha ravishda tashkil etilayotgan ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari uchun talab etiladigan avtomashinalar xarid qilish va sotib olish hamda tez tibbiy yordam brigadalarining qo'shimcha shtat birliklarini saqlash bilan bog'liq harajatlar respublika hamda mahalliy hudud byudjetlari hisobidan qoplanadi.
Tez tibbiy yordam brigadalari xodimlarini moddiy rag'batlantirish bilan bog'liq boshqa harajatlar esa Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasining mablag'lari hisobidan va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi.