Kuni kecha “Oʻrnak koʻrsatgan Shohsanam” hujjatli filmi suratga olindi. Unda mohir suzuvchi, Rio-2016 Paralimpiya oʻyinlari 2 karra bronza medali sohibi Shohsanam Toʻxtamurodova haqida hikoya qilinadi.
Ssenariy mualliflari Baxtiyor Karimov, Sabohat Joʻrayeva, rejissyor Baxtiyor Karimov, operator Samijon Sunnatillayev, ovoz rejissyori Shahzod Toʻxtamurodova, muharrir Umida Yaxshiboyeva, film direktori Ozodbek Ergashev, badiiy rahbar Hamidulla Hasanovlardan iborat boʻlgan ijodiy guruh film sportchilarimizga befarq boʻlmagan barcha yurtdoshlarimiz qalbidan joy olishiga umid qilishmoqda.