Moldova bosh vaziri Ion Kiku o'zi va hukumat iste'foga chiqishini bildirdi. RIA “Novosti” xabarida aytilishicha, u davlat rahbari bilan muddatidan avval parlament saylovi o'tkazilishini muhokama qilgan.

“Mamlakatdagi muhim muammolarni hal etish uchun yangi parlament zarur. SHu bois men o'zimning va hukumatning iste'foga chiqishini taklif qildim”, dedi Kiku.

         Avvalroq u o'zi boshqarayotgan hukumat yaqin kunlarda iste'foga chiqishi mumkinligini aytgan edi.