Qarorga koʻra, 2026–2030-yillarda moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplarga 1 mlrd AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilish;
  • moliyaviy texnologiyalar bozori ishtirokchilar sonini kamida 200 taga yetkazish.

Markaziy bank huzurida quyidagilar tashkil etiladi:

  • MCHJ shaklida ustav jamgʻarmasi 50 mln AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻlgan startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur fondi;
  • moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplar uchun innovatsion xab.

2026-yil 1-yanvardan innovatsion xab ishtirokchilariga moliyaviy texnologiyalar boʻyicha kurslarda oʻqish va sertifikat olish bilan xarajatlarining 50 foizigacha qismi, biroq 20 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.

2026-yildan har yili Markaziy bank tomonidan moliyaviy texnologiyalar sohasida xalqaro forumlar tashkil etiladi.