Adliya vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati “E-qaror” elektron tizimi orqali monitoring qilindi. Uning natijalari rasmiy manbalardan e'lon qilindi.
O'tgan yilgi faoliyat tahlilida 5 041 ta qonunbuzilish holatlari aks etgan qaror va farmoyishlar aniqlangan. Mazkur hujjatlarning 4 359 tasini bekor qilish yuzasidan 1 638 ta ta'sir chorasi kiritilgan. Natijada hokimliklarning 3 936 ta qarorlari bekor qilingan. 145 nafar mas'ul xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan.