14, 21, 28-dekabr kunlari Moskva — Kazanskiy – Toshkent yoʻnalishida dastlabki poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi. Mazkur poyezdlar Moskvadan soat 22:28 da joʻnaydi. Ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, yaʼni Moskva – Toshkent yoʻnalishiga chiptalar sotiladi.
Yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida chiptalarning elektron sotuvi yoʻlga qoʻyildi. Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari Oʻzbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining ye-ticket.railway.uz veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, joʻnatishlari ham mumkin, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Shuningdek, xabarda qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan olish mumkinligi haqida maʼlum qilinadi.