Rossiya poytaxti aeroportlarida murakkab meteosharoit tufayli 100 dan ortiq reys uchishdan toʻxtatilgan.
«Yandeks. Raspisaniye» servisi maʼlumotlarga koʻra, Domodedovo aeroportida 93 ta samolyot, Vnukovoda 11ta, Sheremetyevoda esa 5ta samolyotga uchishga ruxsat berilmayapti. Vnukovo va Domodedovo aeroportlaridan qoʻnib oʻtuvchi samolyotlar uchtadan reysni bekor qilgan boʻlsa, Sheremetyevoda bu koʻrsatkich 48 taga yetgan.
Domodedovo aeroportida taʼkidlashicha, ertalab muzli yomgʻir yoqib oʻtgan va shuning uchun uchishlar bir soatdan koʻproq vaqtga kechiktirilgan. Bu esa jadval tartibi buzilishiga olib kelgan. Aerodrom xizmati yoʻlovchilarning Yangi yilni bayram dasturxoni atrofida kutishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.