Moskvada 15 maydan koronavirusga qarshi ommaviy tekshiruv boshlanadi

    Xavfsizlik 14 May 2020 840

    Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, Moskvada 15 maydan boshlab koronavirusga qarshi ommaviy tekshiruv o'tkaziladi.

    “YAngi dastur bo'yicha o'tkaziladigan sinovlar aholining immunitetini o'rganish bo'yicha noyob dastur hisoblanadi. Buning uchun shahar sog'liqni saqlash boshqarmasining katta kuch va manbaalari jalb qilinadi”, deydi shahar meri.

    SHahar meri moskvaliklardan klinikaga tashrif buyurishni va IFA testidan o'tishda imkor qadar ehtiyotkorlikni saqlashni so'ramoqda.

    “Biz bu vaziyatdan tezda chiqib keta olmaymiz. samarali vaktsina topilgunga qadar tavakkalchilikka borishga majburmiz. Biz bugun oldin ko'rmagan voqealikda yashamoqdamiz”, dedi Sergey Sobyanin.