Uning soʻzlariga koʻra, issiqlik uzatish tizimini toʻliq ishga tushirish jarayoni bir-necha kun davom etadi – texnologik muddat 5 kun.

Shahardagi ijtimoiy obyektlarni isitish ishlari biroz oldinroq boshlangan edi.

“Hozirgi vaqtda qariyb 2 ming muassasa issiqlik bilan taʼminlangan. Tez orada barcha ijtimoiy tarmoq obyektlari ulanadi. Keyin tadbirkorlik va sanoat korxonalariga issiqlik energiyasi uzatiladi” – deya qoʻshimcha qilgan shahar meri oʻrinbosari.

Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin, uy rejimida yashayotgan qariyalarni hisobga olib, shaharda isitish mavsumini muddatidan oldin boshlash haqida koʻrsatma bergan edi.

Maʼlumot uchun: Moskvada havo harorati dushanba kuni 14 daraja issiq boʻlgan, hafta yakuniga qadar 3 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda. Keyingi haftadan shaharda yomgʻirli kunlar boshlanishi taxmin qilinmoqda. Odatda Moskva kuzi kechalari ancha salqin boʻladi.

PS: Toshkentda ham bugun va ertaga yomgʻir yogʻishi aytilgan. Hafta yakuniga qadar havo harorati kunduzi 20-24 daraja atrofida issiq boʻlib turadi.