Mazkur voqea yuzasidan Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlarda aniqlanishicha, voqea Moskva shahrida faoliyat yurituvchi OOO “Antek“ qurilish kompaniyasida sodir boʻlgan.
Janjal ayrim ishchilar texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani sababli brigadir tomonidan jarimalar qoʻllanilganidan soʻng kelib chiqqan va ushbu mojaroli vaziyatda ishtirok etgan shaxslar orasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan.
Jamoatchilik va ijtimoiy tarmoq faollaridan tasdiqlanmagan, noaniq maʼlumotlarni tarqatmaslik va ishonmaslikni, faqat rasmiy manbalarga tayanishlarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.









