Ukraina Rossiya hududi boʻylab yirik dronlar hujumi tufayli Moskvaning bir qator aeroportlarida cheklovlar joriy etildi.

Vaziyatdan kelib chiqib, Uzbekistan Airways aviaqatnovlarini muqobil aeroportlarga yoʻnaltirishga majbur boʻldi, deya xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

Xususan:

  • HY9607 Buxoro – Moskva (Vnukovo) aviaqatnovi Samara xalqaro aeroportiga;
  • HY611Toshkent – Moskva (Vnukovo) aviaqatnovi Pulkovo xalqaro aeroportiga;
  • HY9615 Urganch – Moskva (Vnukovo) aviaqatnovi Pulkovo xalqaro aeroportiga;
  • HY603 Toshkent – Moskva (Domodedovo) aviaqatnovi Urganch xalqaro aeroportiga yoʻnaltirildi.

Cheklovlar olib tashlanganidan soʻng, barcha aviaqatnovlar dastlabki yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishda davom etadi.

Xabarda aytilishicha, aviakompaniyaning keyingi aviaqatnovlari jadvaliga oʻzgarishlar kiritilishi kutilmoqda.