Qayd etilishicha, bugun 3-sonli izlov qudugʻidan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olindi.

Quduqda burgʻilash ishlari joriy yilning 8-sentyabr kuni “Oʻzneftgaz burgʻilash ishlari” tomonidan boshlangan boʻlib, quyi yura qatlamlari 4 940 metr chuqurlikkacha burgʻilandi.

Endi 3 sutka davomida quduq mahsuldor qatlamining tabiiy xususiyatlari oʻrganiladi. Ushbu tadqiqotlar natijasida quduqning sutkalik debiti, qatlam bosimi va boshqa muhim parametrlari aniqlanadi.

Ayni paytda Moʻynoq maydonida yana ikkita quduqda burgʻilash va sinash ishlari jadal davom etmoqda. Tez kunlarda ushbu quduqlardan ham natijalar olinishi kutilmoqda.