Moʻynoqqa pushti va jingalak saqoqushlar uchib keldi

    “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi xodimlari olib borgan nazorat tadbirlari davomida pushti va jingalak saqoqushlarning galasini tasvirga olishga muvaffaq boʻldi.

    Bu qushlarning havo xaltasi hamda skeleti gʻovak boʻlishi tufayli suvda yaxshi suzadi va yaxshi ucha oladi.

    Koloniya boʻlib dengiz, daryo va koʻl orollaridagi qamishzorlarda toʻplanadi. Daraxt va yerga uya quradi. Odatda, 2—3 ta tuxumini nari va modasi 35—40 kun navbatlashib bosadi.

    Bolalari 70—75 kunda uchirma boʻladi.

    Soni qisqarib borayotgan tur sifatida Oʻzbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan.

    Bu haqida “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasining axborot xizmati xabar bermoqda.