Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Maʼlumot uchun, 1971-yilda tashkil etilgan Qizilqum davlat qoʻriqxonasi Buxoro viloyatining Romitan tumani va Xorazm viloyatining Hazorasp tumanlari hududida joylashgan.
Buxoro bugʻusi Oʻzbekiston Qizil kitobiga va CITES II ilovasiga kiritilgan. Oʻzbekistonda Buxoro bugʻulari Zarafshon milliy bogʻi, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, Qizilqum qoʻriqxonasi va Xorazm milliy tabiat bogʻida keng tarqalgan.