Qaror bilan 2023-yil 1-aprelga qadar tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qo‘llanilishi, shuningdek, mazkur qaror kuchga kirguniga qadar qo‘llanilgan jarimalar undirilishi to‘xtatildi.
Buning natijasida tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllanilgan 1,7 trln soʻm miqdoridagi jarimalarni undirish hamda 667,5 mlrd soʻmlik jarimalarni qoʻllash boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻxtatildi.