Oʻzbekiston Respublikasida har bir shaxs mehnat qilish, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqi va mehnati uchun belgilangan ish haqlarini olishi kafolatlangan.
Fuqarolarning ushbu konstitutsion huquqlarini himoya qilish borasida Byuro organlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Birgina, joriy yilning oʻtgan davrida kelib tushgan ijro hujjatlari asosida Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi organlari tomonidan 79 nafar fuqarolarga 479,5 mln soʻm muddatida toʻlanmagan ish haqlari undirib berildi.
Misol uchun, joriy yil noyabr oyida fuqaro J.Boyxoʻjayevga “Ohangaron tuman yoʻllardan foydalanish” unitar korxonasidan muddatida toʻlanmagan 22,7 mln. soʻm ish haqi undirib berilib, uning buzilgan huquqlari tiklandi.
Shuningdek, asossiz ishdan boʻshatilgan fuqarolarni ishga tiklash ishlari ham jadal suratda olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida 44 nafar fuqaro avvalgi ish joylariga tiklanib, ijro ishlari tamomlandi.
Fuqaroni ishga tiklash, unga majburiy boʻsh yurgan kunlari uchun ish haqi undirib berish bilan bogʻliq huquqlari tiklanib, odil sudlovga erishilmoqda.
Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat boshqarmasi