Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Fargʻona shahrida joylashgan Prezident maktabida Mudofaa vaziri oʻrinbosari, polkovnik Hamdam Qarshiyev ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda Prezident maktabi oʻqituvchilari va oʻquvchilari, “Temurbeklar maktabi” kursantlari ishtirok etdi.
Mudofaa vaziri oʻrinbosari kelajak avlod vakillari bilan samimiy suhbatlashib, yoshlarning fikrlarini tingladi. Uchrashuv davomida milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish tartibi, milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan yurt oʻgʻlonlarining xalqaro maydonlarda erishayotgan yutuqlari xususida maʼlumotlar hamda ularni qiziqtirgan savollariga toʻlaqonli javoblar berildi. Shuningdek, vazir oʻrinbosari Prezident maktabida yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati