Muhammad al-Bashir Suriya o'tish davri hukumati rahbari etib tayinlanganini ma'lum qildi.

“Majlis ag'darilgan rejim hukumatidan ishlarni Suriya muvaqqat hukumatiga o'tkazishga bag'ishlandi. U 1-martda yakunlanishi mumkin bo'lgan o'tish davridagi davlat boshqaruvi masalalarini nazorat qiladi. Bizga 2025-yilning 1-martigacha Suriya hukumati ishlarini boshqarish vazifasi topshirilgan”, dedi al-Bashir, ilgari Bashar Asadga bo'ysungan Vazirlar kengashi va “Hay'at Tahrir ash-Shom” guruhi (Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan) tomonidan 2017-yil noyabrida tuzilgan “Najot hukumati”ning qo'shma yig'ilishi yakunlari bo'yicha.

Muhammad al-Bashir 2024-yil yanvaridan beri “Suriya Najot hukumati”ni boshqarib kelmoqda. Bu muxolifat tuzilmasi rasmiy hukumatga muqobil bo'lib ishlagan va Suriyaning Idlib viloyatida qurolli muxolifat nazorati ostida bo'lgan hududlarda ma'muriy nazoratni amalga oshirgan, deb xabar beradi tass.ru.