“Hududgaz Toshkent” gaz ta'minoti filialining “O'rtachirchiqtumangaz” gaz ta'minoti bo'limi yetakchi muhandisi M.O. mahalliy MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida belgilangan me'yordan ortiq kompressor jihozlari o'rnatilgani uchun jarima rasmiylashtirmaslik evaziga 8 ming AQSH dollari oldi. Bu haqida DXX rasmiy manbasi xabar bermoqda.
Qonunbuzarlar Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo'yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbiri vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida u mazkur pul mablag'ini “Hududgaz Toshkent” gaz taminoti filialining etakchi muhandisi B.M. ko'rsatmasiga asosan olganligi aniqlanib, ushbu shaxs ham ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.