Mujtabo Xomanaiyning saylangani 9 mart kuni ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ekspertlar kengashii bayonot berdi.

56 yoshli Sayid Mujtabo Xomanaiy — ilgari Isroil va AQSH hujumlarida halok bo‘lgan Eronning sobiq Oliy Rahbari Ali Xomanaiyning ikkinchi o‘g‘li. U Eron siyosiy va diniy elitasining eng nufuzli shaxslaridan biri hisoblanadi. U uzoq vaqt davomida Oliy Rahbar idorasida ishlagan va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni Isroil Eronga hujum qildi.

Eron Oyatulloh Xomanaiyning vafot etganini tasdiqladi: mamlakat milliy motam e’lon qildi.