Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, “Ustoz 2021” milliy mukofoti tanlovining “Plyus 1” nominatsiyasi gʻolibi Iqboljon Kamolov tanlovda yutib olgan 30 mln. soʻm pul mukofotini Katta Qaynardagi oʻzi oʻqigan 40-maktabga kompyuterlar sotib olishga sarflamoqchi ekanini aytgandi.

Baxtiyor Saidov esa unga mukofot pulini oʻzi uchun sarflashini maktabga esa kompyuter sinfini vazirlik olib berishini maʼlum qilgandi.

Ushbu vaʼdani bajargan holda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan maktabning Informatika xonasiga kompyuter sinfi toʻplami sovgʻa qilindi.