Muqaddasdir Vatan bayrog'i!

    Shu nomdagi bayram tadbir O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganiga 31 yil to'lishi munosabati bilan poytaxtimizning fayzli go'shalaridan biri — “Xalqlar do'stligi” maydonida tantanali o'tkazildi.

    Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat arboblari, taniqli shoir va yozuvchilar, madaniyat va san'at nomoyandalari, sportchilar, harbiylar, faol yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdi.

    Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kunning 31 yilligi munosabati o'tkazilgan “Muqaddasdir Vatan bayrog'i” mavzusidagi hamda “Inson qadri uchun” turkumidagi videoroliklar tanlovi g'oliblari taqdirlandi.

    Shuningdek, tadbirda Vatanni madh etuvchi kuy va qo'shiqlar ijro etilib, harbiylar ishtirokida chiqishlar namoyish etildi.

    Munojat Mo'minova,

    “Yangi O'zbekiston” muxbiri