Eng dastlab Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikalari davlat gimnlari yangradi. Bundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi Raisi oʻrinbosari Rustam Saparbayev davlat ramzi boʻlgan bayrogʻimiz qabul qilingan sana bilan barchani tabriklab, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirdi.
Shoira Nazira Matyoqubova oʻz ijodidan davlatimiz bayrogʻiga bagʻishlangan sheʼrini oʻqib berdi. Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi Tatlimurat Atamuratov milliy timsolimiz hisoblangan bayrogʻimiz haqida oʻz fikrlari va tabriklari bilan soʻzga chiqdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi davlat va jamoat arboblari, taniqli shoir va yozuvchilar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, sportchilar, harbiylar, faol yoshlar, OAV vakillari ishtirok etib, tadbir madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.