▪️1-sentabr, juma – Mustaqillik kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni;

▪️2-sentabr, shanba:

- 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni (“2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmonga muvofiq);

- 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun odatdagi dam olish kuni;

▪️3-sentabr, yakshanba – barcha uchun odatdagi dam olish kuni.

31-avgust, payshanba kuni xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishlari mumkin boʻladi. Boisi Mehnat kodeksi 187-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.