Tadbirda Oliy Majlis Senati a'zosi, “O'zbekiston paxta-to'qimachilik klasterlari” uyushmasi raisi Murtazo Rahmatov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo'ng'irotboy Sharipov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumaev, Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo'mitasi raisi erkin Gadoyev va boshqalar ishtirok etdi. Yig'ilganlar kitob haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Ta'kidlanishicha, yangi o'quv qo'llanmada jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirish bo'yicha ustuvor dasturiy hujjat bo'lgan Harakatlar strategiyasi doirasida boshlangan, mamlakatimiz ravnaqi sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga ko'tarish va yangi O'zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessansga mustahkam asos yaratishga qaratilgan tub demokratik islohotlar holati va istiqbollari maqsad va vazifalar har tomonlama yoritilgan.

— Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan asarlar orasida Harakatlar strategiyasi doirasida yozilgani va zamonaviy iqtisodiy bilimlarni o'z ichiga qamrab olgani bilan ham ahamiyatli, — dedi, professor Murtazo Rahmatov. — Xususan, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilliginig 30 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda Prezidenimiz Shavkat Mirziyoev islohotlarimizni bosh g'oyasi sifatida ta'lim, ta'lim va yana bir bor ta'limga yuksak darajada e'tibor qaratish bo'yicha alohida to'xtalib o'tgani barchamizni birdek quvontiradi. Shu bois ushbu o'quv-qo'llanma ta'lim sohasidagi yana bir katta qadam desak mubolag'a bo'lmaydi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti olimlari hamda mamlakatimizning yetakchi iqtisodchilari tomonidan yozilgan ushbu kitobda mamlakatimiz ravnaqini sifat jihatdan mutlaqo yangi bosqichga ko'tarish va Yangi O'zbekiston barpo etish, Uchinchi Renessansga mustahkam asos yaratishga qaratilgan keng ko'lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va rivojlanish istiqbollari, real dalillar, tarixiy ma'lumotlar asosida atroflicha yoritilgan.

— Yangi O'zbekiston iborasi xalqimizning kundalik qadriyatiga aylanmoqda va yoshlarimiz uchun maqsad harakat yo'nalishi sifatida dasturil amal bo'lmoqda, — dedi rektor Qo'ng'irotboy Sharipov. — Mazkur kitobda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari va bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan 2017—2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha amalga oshirilayotgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar naqadar to'g'ri yuritilib, samara berayotgani aks ettirilgan.

Umid qilamizki, mazkur o'quv qo'llanmada yoritilgan mavzular bilan tanishish natijasida o'quvchi yangi O'zbekistonni barcha sohalari hamda tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo'yicha so'nggi besh yilda izchil ravishda amalga oshirilgan keng ko'lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning holati va istiqbollari, maqsad va bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar haqida to'laqonli tasavvurga ega bo'ladi.