Masalan, Qoʻshrabot tumanining “Xonnazor”, “Chorloq”, “Qoʻrgʻon”, “Shovona” va “Qiyqim” mahallalaridan oʻtgan soydan yiliga 36 million kub metr suv samarasiz oqib ketadi.
Bu yerda kichik suv ombori qurilsa, 2,5 ming gektar yerni oʻzlashtirish, yangi yerlarni intensiv sabzavotchilik uchun aholiga berib, 4 ming ishsizni band qilish va 600 ta oilani kambagʻallikdan chiqarish mumkin.
Bunday sel suv omborlarini Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyati va Fargʻonadagi yana 9 ta tumanda barpo qilib, 50 ming gektarda suv taʼminotini yaxshilash imkoni bor.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlash topshirildi.