Oʻtgan yili ishlab chiqarilgan maishiy texnikaning 70 foizi ichki bozorda sotilgan.
Tashqi bozorlarda tarif va notarif toʻsiqlar koʻpligi bor gap, lekin eksport bozorlarida yirik uzelli yigʻish asosida ishlab chiqarish qilib, ularga butlovchi qism va yarim tayyor mahsulotni ortiqcha yigʻimlarsiz yetkazib berish mumkin.
Endilikda qoʻshni bozorlarga texnologiya, malakali mutaxassis va butlovchi qismlar yetkazib, Oʻzbekistonni mintaqaviy elektrotexnika xabiga aylantirish kerakligi taʼkidlandi.
Mutasaddilarga qoʻshni bozorlarda milliy brendlarimiz ostida kamida 15 tadan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.