Mutaxassislar RM2.5 dispers zarrachalaridan himoyalanish boʻyicha qanday tibbiy tavsiyalar berishadi?

    Mayda dispers zarrachalar hujayra membranalariga kirib borish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, ularning organlar va toʻqimalarda surunkali toʻplanishi xavfi mavjud.

    Soʻnggi vaqtlarda Toshkent havosi tarkibida RM2.5 dispers zarrachalari meʼyoridan bir necha oʻn barobar koʻpayganligi muhokama mavzusiga aylandi.

    Xoʻsh, atmosfera havosining ifloslanishi inson organizmga qanday taʼsir qiladi?

    Atmosfera havosidagi muallaq zarrachalar – RM2,5 zarrachalar nafas yoʻlidan oʻtuvchi zarrachalardir. Chunki ular gaz almashinuvi sodir boʻladigan alveolalar va oʻpka kapillyarlariga kirib, tizimli qon oqimiga kirib, turli organlarga kirib, turli toʻqimalarning hujayralariga bevosita mahalliy taʼsir koʻrsatadi.

    Mayda dispers zarrachalar hujayra membranalariga kirib borish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, ularning organlar va toʻqimalarda surunkali toʻplanishi xavfi mavjud. Atmosfera havosida RM10 va RM2ning yuqori konsentratsiyasiga uzoq muddatli taʼsir qilish yalligʻlanish, kanserogen, teratogen, sitotoksik taʼsirga ega boʻlib, allergopatologiyaning rivojlanishiga hissa qoʻshadi va insonning umr koʻrish davomiyligiga taʼsir qiladi.

    Mutaxassislar RM2.5 dispers zarrachalaridan himoyalanish boʻyicha qanday tibbiy tavsiyalar berishadi?

    1. Xona yoki inshootlarning pol va tokchalari, ular ichidagi buyum hamda ashyolarni nam latta bilan tozalab turing. Uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qoʻyish chang darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, nam sochiqlarni osib qoʻying.
    2. Derazalarni yopiq holda saqlash. Ayniqsa, kechasi va erta tongda eshik va oynalarni zichlab yoping!
    3. Koʻproq suv iching!
    4. Ochiq havoda harakat qilishni cheklang!
    5. Tez-tez dush qabul qiling! Ayniqsa, tashqaridan uyga kirgach, bu jarayon nafas olishni yengillashtiradi.
    6. Ogʻiz va burun boʻshligʻini tuzli eritma bilan yuvib tashlang!
    7. Nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlar tibbiy niqobdan foydalanishlari va ularni har 2 soatda almashtirishlari zarur!
    8. Koʻzlarni yuvish tavsiya etiladi. Ayniqsa, linzadan foydalanuvchilar uchun bu juda muhim.