Institut mutaxassislari izlanishlari natijasida yurtimiz iqlim sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega boʻlgan quyosh fotoyelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmogʻi bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez quvvatlash qurilmasi yaratildi.
Har bir tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobni zaryadlash imkoniyati yaratiladi hamda 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.