Taʼlim sifatini yaxshilash – davlatimiz siyosatining, olib borilayotgan islohotlarning eng muhim yoʻnalishlaridan biri.
Pedagoglar jamiyatda eng muhim oʻrin tutgan kasb egalaridir. Insonni tarbiyalab, atrofdagilarga, madaniyatga, Vatanga munosabatimizni shakllantiradigan asosan shular. Agar davlatni bir daraxt deb tasavvur qiladigan boʻlsak, oʻqituvchilarni uning ildiziga qiyoslash mumkin.
– Ishonchim komilki, daraxtning ildizi chuqur, baquvvat boʻlmas ekan, koʻkka boʻy choʻzolmaydi, gullab-yashnamaydi, meva bermaydi, - dedi Saida Mirziyoeva
Shuning uchun ham Oʻzbekiston taʼlim tizimini takomillashtirishga bu qadar katta eʼtibor qaratib, pedagoglarimizni xalqaro dasturlarda ishtirok etishga, dunyoning eng ilgʻor tajribalarini qoʻllashga undamoqda.