BAAda oʻtgan futbol boʻyicha klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida Londonning “Chelsi” jamoasi gʻolib chiqqanidan xabaringiz bor, alabatta. Angliyaliklar finalda Braziliyaning “Palmeyras” klubini qoʻshimcha vaqtda 2:1 hisobida magʻlub etdi.
Odatda jamoasi mehmonda oʻynagan paytda “Palmeyras” muxlislari oʻz stadioni oldida toʻplanib, birgalikda oʻyinni tomosha qiladi. Klublar oʻrtasidagi final oʻyin paytida ham ular shu anʼana davom etdi. Lekin bu tomosha fojia bilan yakun topdi. Muxlislar oʻrtasidagi kelishmovchilik tufayli fanatlardan biri ikkinchisni otib qoʻydi. Xabarlarga qaraganda, yana 15 nafar muxlis turli darajada tan jarohati olgan.
San-Paulu shahri politsiyasi vakilining taʼkidlashicha, quroldan foydalanib, bir kishining oʻlimiga sababchi boʻlgan shaxs qoʻlga olingan va tergov ishlari boshlangan.