Mazkur holat AT “Aloqabank”ning Surxondaryo hududiy markazining murojaatiga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muzrabot tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan bo'lib, Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-taroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. 

Shuningdek I.S. bank filiali mas'ul shaxslari bilan til biriktirib, aslida bahosi 737,8 million so'm bo'lgan binoning narxini sun'iy ravishda oshirgan holda 2,5 milliard so'mga o'zaro kelishuv dalolatnomasiga asosan garov ta'minoti sifatida qo'yib, bank manfaatlariga juda ko'p miqdorda zarar etkazganligi aniqlangan.