Myunxenda haydovchi avtomashinani odamlar ustiga haydadi, oqibatda 15 kishi jarohatlandi

    Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda, jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilmoqda. Avtomashina haydovchisi qo'lga olindi.

    Myunxen markazida (Germaniya) haydovchi Mini Cooper avtomashinasini Verdi kasaba uyushmasi namoyishi ishtirokchilari ustiga haydadi. Kamida 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda politsiya ma'lum qildi, deb yozadi BILD.

    Voqea joyida favqulodda xizmatlarlar ishlamoqda, jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilmoqda.

    OAV ma'lumotlariga ko'ra, voqea sodir bo'lgunga qadar o'q uzilgan bo'lishi mumkin, biroq hozircha bu ma'lumot rasman tasdiqlangani yo'q.

    Avtomashina haydovchisi qo'lga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.