Nafas olish jarayonida koronavirusni oʻldiradigan niqob oʻylab topildi

    Salomatlik 26 Oktabr 2020 1412

    Massachusets texnologik instituti olimlari “aqlli” niqob oʻylab topdilar. Bunday himoya niqoblari COVID-19 bilan kasallangan bemorlar bilan doimiy aloqada boʻladigan shifokorlar uchun ayni muddao boʻldi.

    Niqob mis toʻr shaklidagi metall filtrdan iborat. Maxsus batareya metallni 90 darajagacha qizdiradi. Haroratning bunday darajasi niqob egasi nafas bilan qoʻshib niqobga tortib olgan COVID-19 zarrachalarini yoʻq qilishga qodir.

    Inson terisini himoya qilish maqsadida mis toʻr neopren deb ataluvchi maxsus izolyatsiya etuvchi material bilan qoplangan boʻladi. Bunda inson niqobdan yuzi kuyib qolishidan qoʻrqmasdan foydalansa boʻladi.

    Olimlarning taʼkidlashicha, ushbu niqob viruslarni bloklaydi ekan. U viruslarni ichkariga oʻtkazadi, lekin ularning faolligini soʻndiradi ekan. Undan tashqari qurilmani sterilizatsiyadan oʻtkazishga hojat qolmaydi, deb xabar beradi m24.ru.

    Qurilma mualliflari patentga ariza berdilar va jismoniy sinovdan oʻtkazish uchun niqob prototipining konstruksiyasini yaratish ustida ish boshladilar.