Mazkur serial tibbiyot sohasi xodimlariga bag'ishlangan bo'lib, unda tez tibbiy yordam mutaxassislarining mashaqqatli mehnati, "koronavirus" va turli infektsion kasalliklarga chalingan bemorlarning sog'ayish jarayonlari, virus bilan kurashayotgan insonlarning hayoti va taqdiri hikoya qilinadi.
Ssenariy mualliflari Uchqun O'sarov va Dostonbek Rahmatullaev, postanovkachi rejissyorlar Oybek Karimov hamda Nafisa Toshmatova, postanovkachi operator Isroil Ismoilov.
Serialning s'yomka jarayonlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida bo'lib o'tmoqda. Serialda Hamid To'xtayev, Mirpo'lat Sa'dullayev, Laziz Orziyev, Shahlo Temirova, Dilafro'z Mameshova, Shahlo Hojiyeva, Otabek Sharipov kabi aktyorlar rol` ijro etmoqda.
“O'zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati