Yuksak mukofot hudud iqtisodiyotini rivojlantirishdagi katta hissasi, mamlakatimizda tadbirkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilgʻor innovatsion, “yashil” va raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, yangi ish oʻrinlari yaratish va investitsiyalarni jalb qilishdagi xizmatlari uchun berildi.

Bugungi kunda NamAgro Tech Namangan viloyatida iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning asosiy drayverlaridan biriga aylandi. Kompaniya noldan 415 gektar maydonda mevali bogʻlar barpo etdi va hozir ham ularni kengaytirishda davom etmoqda. Shuningdek, zamonaviy ishlab chiqarish majmuasini qurib, konsentratlashtirilgan olma shirasi, olma chiqindilaridan olinadigan pektin va biologik faol qoʻshimchalar kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Korxonada taxminan 170 doimiy va 250 ga yaqin mavsumiy ishchilarning bandligi taʼminlangan.

“Balanparvoz soʻzlar oʻrniga – amaliy ishlar: odamlarga barqaror ish oʻrinlari, isteʼmolchilarga sifatli mahsulot, mamlakatga soliq va eksport”. — deydi “Siberian Wellness-Namangan” / NamAgro Tech bosh direktori Bahrom Xojimatov.

NamAgro Tech ning barqaror rivojlanishi va eksport salohiyati boshqa nufuzli mukofotlar bilan ham eʼtirof etilgan. Xususan, 2025-yil may oyida kompaniya Brand Awards International 2024 mukofotini “Oʻzbekiston agrosanoat sohasini rivojlantirish va xalqaro bozorlarga muvaffaqiyatli chiqishdagi ulkan hissasi uchun” nominatsiyasida qoʻlga kiritdi.

Muhimi, NamAgro Techʼning faoliyati eng jiddiy xalqaro sifat standartlariga javob beradi: bogʻlar uchun GLOBALG.A.P., ishlab chiqarish jarayonlari uchun FSSC 22000 va ISO 14001. Barcha mahsulotlar Halal sertifikatiga ega.

Kompaniyaning strategik rejalariga bogʻlarni 2000 gektarga yetkazish, yangi ishlab chiqarish yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻyish, mahsulot turlarini kengaytirish va vertikal integratsiyani amalga oshirish kiradi.

Bu yoʻlda qoʻlga kiritilgan yutuqlar esa NamAgro Techʼning masʼuliyatli va ijtimoiy yoʻnaltirilgan biznes-loyihalari Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun qay darajada muhim ekanini yaqqol koʻrsatadi.

Sayt: siberianhealth.com

Telefon: +998 78 113 87 67

Instagram: @siberianwellness_uzbekistan

Telegram: @swuzbekistan

“Siberian Wellness” MCHJ Matbuot xizmati

Reklama