Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati maʼlum qilankan, mazkur nodavlat universitetning biror talabasi majburlab boshqa OTMga koʻchirilmasligini taʼkidlab oʻtdi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan xalqaro universitetining talabalari majburiy tarzda Toshkent kimyo xalqaro universitetiga koʻchirilayotgani haqida asossiz xabarlar tarqamoqda.
Ushbu xabar mutlaqo haqiqatga mos kelmaydi. Litsenziyasi bekor qilingan “NamXU OTM” MCHJning talabalari oʻqishi ularning oʻz arizasiga muvofiq, belgilangan tartibda oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirilishi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ishchi guruhi tomonidan olib borilmoqda. Jarayon toʻliq nazoratga olingan. Biror talaba majburlab boshqa oliygohga koʻchirilmaydi, deyiladi vazirlik xabarida.