Namangan davlat universitetidagi 71 ta taʼlim yoʻnalishi 56 taga kamaytiriladi

    Viloyatda 6 ta davlat va 3 ta xususiy oliygoh bor. Ular ichida yetakchi boʻlgan Namangan davlat universitetida oʻzgarish qilish vaqti kelgani taʼkidlandi.

    Universitetdagi 71 ta taʼlim yoʻnalishi 56 taga kamaytirilib, yangi adabiyotlar bilan toʻliq taʼminlanadi. Taʼlim sifatini oshirish uchun oʻquv dasturlari yangilanadi.

    Oliygohlardagi 65 ming talabadan 32 mingi boshqa viloyatdan kelib oʻqishini inobatga olib, oliygohlar atrofidagi 43 ta mahallada uy yotoqxonalarini tashkil etish topshirildi.

    Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari, tadbirkorlarning takliflari tinglandi.