Tadbirkor Fazliddin Rahimjonov aytishicha, qurib bitkazilgan balandligi 5,5 metrli moslama tufayli tungi vaqtda ham piyodalar oʻtish yoʻlagi yoritilgan holda turadi. Elektr energiyasi uzilgan vaziyatda quvvati 6-8 soatgacha yetadi.
Aholiga, haydovchilar uchun xavfsiz va qulay svetoforlarni koʻpaytirish esa ayni muddaodir.