3 sotix maydonni egallagan uy mahalla profilaktika inspektorining xizmat uyi qarshisida joylashdi. Bu yerga 12 metrli konteyner va fuqarolar qabuli uchun moʻljallangan ixcham shiypon oʻrnatilgan.

Mazkur uy yigʻma beton devor bilan oʻralgan, konteyner esa yengil konstruksiyali boʻlib, istalgan payt boshqa hududga koʻchirilishi mumkin.
Hozirda viloyat hokimi har kuni “Bunyodkor” mahallasida boʻlib, xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan muloqotda boʻlmoqda.

Shuningdek, bu yerga nafaqat mahalla ahli, balki boshqa hududlardan ham fuqarolar kelib, viloyat rahbariga bevosita murojaatlarini yetkazmoqda.