Natijada, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Samarqand shahrida yashovchi, 1968 va 1991-yillarda tugʻilgan 2 fuqaroning yonida 1 kg 470 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Uchinchi shaxslar tomonidan Tojikiston Respublikasidan mamlakatimiz hududiga oʻtkazilgan ushbu narkotiklarni Namangan shahriga olib borib berishlari evaziga, mazkur fuqarolarning har biriga 1 mln. soʻmdan pul berilishi vaʼda qilingan.
Boshqa bir holatda esa Namangan shahrida yashovchi, 1978-y.t., muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bogʻliq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxs boshqaruvidagi “Lada” rusumli avtomashina viloyat markazida toʻxtatilib tekshirilganda, uning salonida 931 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Shuningdek, u qirgʻizistonlik narkokuryer tomonidan mamlakatimiz hududiga oʻtkazilgan mazkur ajal ogʻusini Yangiqoʻrgʻon tumanida istiqomat qiluvchi, 1974-y.t., muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bogʻliq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxsdan olganligi aniqlandi hamda u ham ushlandi.
Namangan shahridagi avtoturargohlardan birida 1984-y.t. fuqaro 1.568 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 1600 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qoʻlga olindi.
Xizmat xodimlari tomonidan bojxona organlari xodimlari bilan hamkorlikda mamlakatimiz poytaxtida ham bir nechta tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
Xususan, Surxondaryo viloyatida yashovchi, 1989 va 1992-yillarda tugʻilgan 2 fuqaro 496 gr. “gashish” moddasini kelgusida sotish maqsadida Toshkent shahriga olib kelgan vaqtlarida Chilonzor tumanida ushlandi.
Yashnobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1991-y.t. fuqaro 1680 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 30 mln. soʻmga, Bektemir tumanida qayd etilgan holatda esa 1991-y.t., muqaddam sudlangan shaxs 133 dona “Regapen” va 43 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 12 mln. soʻmga sotayotgan vaqtlarida qoʻlga olindi.
Bu yoʻnalishda DXX Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari ham viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazdi.
Xususan, “Fargʻona-Sirdaryo” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan, Guliston shahrida yashovchi, 1991-y.t. shaxs boshqaruvidagi “Jentra” rusumli avtomashina “Sayxunobod” YPX maskanida toʻxtatilib tekshirilganda, unda 242 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi hamda mamlakatimizda muomalasi cheklangan narkotik moddalar turkumiga kiruvchi 78 dona “Tramadol” dori vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, avtomashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan, 1992-y.t., muqaddam sudlangan shaxsning Guliston shahridagi yashash manzilidan 406 dona “Regapen” va 56 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari olindi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.