Namangan tumanida “mahallabay” ishlash tizimi jadal ketmoqda
Ijtimoiy hayot
21 okt 2021, 14:07
1 970
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori boʻyicha “mahallabay” ishlash tizimi asosida Namangan tumanidagi 4 ta “qizil hudud”ning mahallalari tanlab olingan. Ushbu mahallalar xatlovdan oʻtkazilib, 1991 ta xonadon, 11 769 nafar aholi, 347 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar aniqlandi. Mazkur mahallalar ixtisoslashuvidan kelib chiqib, 8 nafar yetakchi tadbirkor tomonidan shu hududda umumiy qiymati 10,5 mlrd. soʻmlik loyihalar amalga oshiriladi. Natijada 916 ta yangi ish oʻrni hamda 784 ta xonadon kooperatsiya asosida qamrab olinadi.
Jumladan, “Namangan Navroʻz gullari” MCHJ tomonidan gulchilik yoʻnalishida 20 nafar fuqaro bandligi taʼminlanib, faoliyat yuritmoqda. Hozirda tadbirkorligini kengaytirish maqsadida “Navroʻz” MFYdagi sobiq iqtisodiyot kollejiga qarashli boʻsh yer maydonida umumiy qiymati 1,3 mlrd. soʻm boʻlgan loyiha bilan qoʻshimcha 25 ta xonadonda kooperatsion gulchilik faoliyati tashkil etilmoqda.