Jumladan, Namangan tumanidagi Beshkapa mahallasida yashovchi tadbirkor Usmonjon Esonov tinib-tinchimas biznesmenlardan. Kuni kecha mazkur mahalla hududida 3 milliard mablag' evaziga barpo etilgan “Zamin” supermarketining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tantanali ochilish marosimiga tashrif buyurgan tuman hokimi Sadriddin Mo'minov tashabbuskorning aholi farovonligiga, uzog'ini yaqin qilishga, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, xo'jalik buyumlari, kiyim-kechaklar bilan ta'minlashga xizmat qiluvchi ezgu sa'y-harakatiga omad tiladi. Mana shunday tadbirkorlarimiz safi yanada ko'payishiga umid bildirdi. Nuroniylar duoga qo'l ochib, yurtimizga tinchlik, xalqimiz dasturxoniga to'kin-sochinlik, fayzu baraka tilashdi.
Hozirda savdo majmuasida 25 nafar mahalla yoshlari ish bilan ta'minlandi. Rasmiy lenta kesilgach, supermarket shu kundan iste'mol tovarlari sotuvini boshladi.
Qodirxon Vahobov,
Namangan tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.